• А
  • Б
  • В
  • Г
  • Д
  • Е
  • Ж
  • З
  • И
  • К
  • Л
  • М
  • Н
  • О
  • П
  • Р
  • С
  • Т
  • У
  • Ф
  • Х
  • Ц
  • Ч
  • Ш
  • Э
  • Ю
  • Я
  • A
  • B
  • C
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • W
  • X
  • Y
  • Z
  • #
  • Текст песни UMMON - Meni Emas

    Просмотров: 15
    0 чел. считают текст песни верным
    0 чел. считают текст песни неверным
    На этой странице находится текст песни UMMON - Meni Emas, а также перевод песни и видео или клип.
    Bilmadim, u o‘ylarimga
    Hech qachon yetib bo‘lmaydi.
    Bilaman, endi sani na topib,
    Na yo‘qotib bo‘lmaydi.
    Sog‘inchlarim – quyosh,
    Lekin soyaga o‘xshaydi.
    Bu yer sahro bo‘lganda
    U dengizni so‘raydi.
    Har bir dardga
    Vaqt davo deydilar, lek bedavo
    Dardga mubtalo qilding mani, dilsiz, ou-o.
    Sendan kutganim bo‘ldi
    Faqat mehr va vafo,
    Kutmaganimni esa senga
    Ko‘rmayman ravo.
    Chunki sani sevaman
    Har daqiqa, har nafas.
    Sen esa so‘nggi kunlar
    Mendan ko‘p qilding araz.
    Meni sevib, o‘zgadan
    Qizg‘andi deb o‘ylasam,
    Mendan ketmoqlik yo‘lini
    Izlar ekansan-a.
    Mayli, ketaver, saning
    Yo‘ling endi to‘smayman.
    Ko‘zlarim zor bo‘lsa ham,
    Yo‘lingga zor boqmayman.
    Yuragim tilinadi
    Gapirganga hiringlab.
    Ketasan, bilmayman,
    Sansiz qanday yashayman.
    Aldangan yuragim mening,
    Lek sani eslaydi.
    Hammasi go‘zal edi,
    Hamon esdan ketmaydi.
    Endi esa surating
    Dardimga malham bo‘lar,
    Oldin yozgan xatlaring
    Hozirgi dam saqlanar.
    Orzular qayda qoldi,
    Yuragim toshday qotdi,
    Qo‘lim qo‘lingda qotdi,
    So‘ngra esa yo‘qotdim.
    Go‘yo hammasi tushday
    O‘tadi bu kunlarim,
    Lekin ko‘z yummam, faqat
    Tinmaydi og‘riqlarim.

    Derazam ortida yig‘laydi bahor,
    Sendek esda qolib gullaydi gullar,
    Yilning ortida – o‘tgan yilgi xazonlar..
    Shu xazonlar tagida yashar armonlar…

    Dur gavharni tanladi – tillonimas,
    Gul bahorni tanladi – qish, yoznimas.
    Tun yulduzni tanladi – kunduz emas.
    Sen o‘zgani tanlading – meni emas!

    So‘nggi kunlar uzoqlashib
    Borardik tobora,
    Men esa seni o‘ylab,
    Qancha bo‘ldim ovora.
    Hatto kechalari
    Unga ketardim yolvora.
    Lekin sani ortga qaytarib
    Bo‘lmas, nachora.
    Osmondagi yulduzlar
    Har bir gapimga guvoh,
    Dardimga davo topmadi
    Na tabib, na jarroh.
    Izladim dardimga kimdan-da
    Bo‘lsa ham panoh.
    Ishonmasang agar, yolg‘iz
    Guvohim Olloh.

    Ketaman deysanu, lek gohlari o‘ylab,
    Vaqti kelib hali afsuslarda kuyma!
    Yolg‘onchi so‘zlarga uchib, uni suyma!
    O‘yla! O‘yla!

    Dur gavharni tanladi – tillonimas,
    Gul bahorni tanladi – qish, yoznimas.
    Tun yulduzni tanladi – kunduz emas.
    Sen o‘zgani tanlading – meni emas!

    Смотрите также:

    Все тексты UMMON >>>

    Опрос: Верный ли текст песни?
    Да Нет